Sherobod tumani IIB Probatsiya guruhi nazorati ostida turgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar bilan tashkiliy ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan, joylarda ichki
ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun
birlashaylik” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari
o‘tkazilib kelinayotganligi munosabati bilan Sherobod tumani "Cho‘yinchi"
mahallasida joylashgan yangi sport majmuasida tuman Ichki ishlar bo‘limi va Bolalar
va o‘smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda Probatsiya bo‘limi nazorati ostida
turgan yoshlar ishtirokida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada 45 nafardan ortiq
nazorat ostidagi yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa ko‘tarinki ruxda o‘tib, jamoalar
o‘rtasida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun qizg‘in kurashlar olib borishdi.
Musobaqa yakunida mas’ul rahbarlar tomonidan g‘olib bo‘lgan jamoalarga
tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining kubogi bilan taqdirladi.
Shuningdek, nazoratdagi yoshlar
tumandagi axborot kutubxona markazida bo‘lishib, u yerda kutubxona faoliyati bilan
yaqindan tanishdi. Kutubxona faoliyati bilan tanishish asnosida o‘zlarining sevimli
kitoblarini o‘qishga muyassar bo‘lishdi.
Shu bilan bir qatorda nazoratdagi
yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qayta kasbga yo‘naltirish ishlari doirasida
probatsiya guruhidagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nazoratdagi yoshlar tumandagi
aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga olib borilib, ularning bandligini ta’minlash
va qayta kasbga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.
Ushbu o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad
jinoyat sodir etib jazo mudlatlarini o‘tayotgan yoshlarni xayotga qiziqishlarini
uyg‘otish orqali ularni kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari va xayotda o‘z
o‘rinlarini topishga ko‘maklashishdan iborat.