26 Fevral 2024 yil 368

Sherobod tumani ichki ishlar bo‘lim boshlig‘i yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Sherobod tumani 3 sektor hududida joylashgan "Kattabog‘" mahallasidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9,10,11 sinf o‘quvchilari bilan Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i N.Narzullaev, tuman IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik I.Shaymardonov, ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi kursantlari, yosh ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini yanada shakllantirish, vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadiga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida, ishtirokchilar tomonidan yoshlarga o‘zlarining hayotiy tajribalari haqida so‘z yuritib, vatanning tinchligi, yurtning farovonligi ta’minlash yo‘lida o‘z fikr mulohazalarini bayon etishdi.

O‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollariga davra suhbati ishtirokchilari tomonidan tegishli javoblar berildi.

Text to speech