4 Mart 2024 yil 696

Sherobod tumani 3 – sektor rahbari tomonidan tumandagi 8- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari bilan seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 13 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Sherobod tumani 3-sektor hududida joylashgan 8 sonli  maktabning 9, 10, 11-o‘quvchilari bilan tuman 3-sektor rahbari podpolkovnik N.Narzullaev tomonidan seminar tashkil qilindi.

Seminarda, maktab o‘quvchilari hamda o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Seminar yakunida, o‘quvchilar  tumanda joylashgan Avto maktabga olib borilib, u yerda o‘quvchilarga avtomobil ehtiyot qisimlari va yo‘l harakati qoidalari tushuntirib o‘tildi.

Kelajakda o‘quvchi yoshlarning o‘zlari qiziqqan kasb egalari bo‘lishlari uchun ko‘proq kitob o‘qishlari, xorijiy tillarni o‘rganishlari, yana nimalarga e’tibor berishlari yuzasidan fikr va mulohazalar berildi.

Text to speech