25 Aprel 2024 yil 583

Sherobod tuman IIB xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirilik holatlarni oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2024 yil 15 aprel kuni  tizimda  "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan, Sherobod tuman IIB xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini sodir etilishini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil qilinib, unda Sherobod tumani IIB boshlig‘i MMIB o‘rinbosari podpolkovnik J.Shaymardanov tuman prokuror yordamchisi I.Xolikov va 2-darajali huquqshunosi tomonidan xodimlarga kelgusida xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash bo‘yicha jiddiy ko‘rsatma va aniq  tavsiyalar berildi.

Text to speech