Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish va kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan mas’ullar ishtirokida tumandagi o‘ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Sherobod tumanining "Katta Hayot", "Majnuntol" mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining muammolari va takliflari tuman IIB boshlig‘i tomonidan o‘rganilib, o‘z o‘rnida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.