11 Mart 2022 yil 370

Er-xotin firibgarlar qarindoshlarini xorijga ishga jo‘natishni va’da qilib, pullarini o‘zlashtirib ketdi

Denov tumanida 2022 yil 19 fevral kuni tumanning “Sanoatchilik” mahallasida yashovchi, K.Sanobar (ism shariflar o‘zgartirilgan) va tumanning “Nurli manzil” mahallasida yashovchi, uy bekasi, D.Inobat viloyat IIBga yozgan arizalarida, 2018 yil may va iyun oylarda, qarindoshlari, Samarqand viloyatida yashovchi, T.Samandar va uning turmush o‘rtog‘i, T.Nazokatlar ularni Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, ularning har biridan 7500 (yetti ming besh yuz) AQSH dollaridan olib, o‘zlashtirib ketganligini ma’lum qilishgan. 2 mart kuni T.Samandar va T.nazokatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech