Eng yaxshi kitobxon kim?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash hamda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag'ishlab Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari o'rtasida "kitobxonlik tanlovi" Oltinsoy tuman IIB binosida bo'lib o'tdi.
Tanlovda viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda shahar tuman IIBlarda xizmat olib boryotgan eng bilimdon kitobsevar yosh xodimlar qatnashishdi. Uchta shart, ya'ni "siyosiy-ma'naviy va ma'rifiy kitoblar bilimdoni", "badiiy asarlar bilimdoni" hamda "men sevgan adib" deb nomlagan shartlar asosida ishtirokchilarning bilimi sinovdan o'tkazildi.
Ularni Termiz davlat universiteti o'qituvchilari baholab borishdi.
Tanlov yakuniga ko'ra Oltinsoy tumani IIB 7-son ichki ishlar bo'linmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori, katta leytenant Mirzohid Raximov g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rin esa Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 1-son IIB tergov guruhi katta tergovchisi, leytenant Bozorov Sardorga nasib etdi.
Milliy gvardiya Surxondaryo qo'riqlash boshqarmasi sakkizinchi alohida otryad safdor xodimi Bo'tayorov Sulton uchinchi o'ringa munosib Ko'rildi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati