Endilikda, jamoat tartibini saqlashda qoidabuzarlarga elektroshoker qo'llaniladi
Ma'lumki ichki ishlar organlari tizimida fuqarolar havfsizligi va jamoat tartibini saqlash vazifasi patrul-post xizmati bataloniga yuklatilgan. Mana shu yumushga kirishadigan xodimlarning shayligi va zarur anjomlar bilan ta'minlanganligi avvalo qonun buzilish holatlarining oldini olish, agar qonun buzilish holati vujudga kelganida zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'iga asosan vazifasiga kirishgan ichki ishlar organlari xodimlari yo'riqnomada ko'rsatilgan holatlarda elektroshok qurilmalarini qo'llashlari mumkin.
"Skorpion" rusumli elektroshok qurilmasi bugungi kunda amaliyotda foydalanilayotgan rezina tayoq, ya'ni "dubinka"ga o'xshash shaklda ishlab chiqarilgan bo'lib, undan nafaqat elektroshok sifatida, zaruratga qarab "dubinka" sifatida ham foydalanish mumkin.
Elektroshok ta'sirida inson tanasi birinchi soniyada og'riq zarbasini his etsa ikkinchi soniyada mushaklar muvozanati yo'qolishiga olib keladi.
Elektroshokni, keksa yoshdagilar, nogironligi aniq kurinib turgan shaxslar, yosh bolalar, hamda homilador ayollarga nisbatan qo'llash taqiqlanadi. Agar ular tomonidan qurolli yoki guruh bo'lib hujum qilganda bu ta'qiqlarga amal qilinmaydi. Demak, maxsus vositalarni qo'llash, foydalanish va saqlash tartib taomillari xodimlarga ham majburiyat va javobgarlik yuklaydi. Ana shu jihatlarni shaxsiy tarkibga yetkazishga bag'ishlangan o'quv yig'ini-amaliy mashg'ulotlar asnosida tashkil etildi.
Jamoat tartibini saqlaydigan inspektorlarning zarur vosita va anjomlar bilan ta'minlanishi ommaviy harakatlarning oldini olish hamda qoidabuzarliklarni zudlik bilan bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
E'tiborli jihati tizimda ana shu maqsad mudaoga safarbar etiladigan moddiy texnik baza yildan yilgan boyib bormoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati