13 May 2022 yil 282

Endilikda, “xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida ish tashkil etiladi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan hamkorlikda “xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlaridagi ayol xodimalarining oilasini, turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, suhbat asosida o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Bunda asosiy e’tibor, mutaxassis psixologlar tomonidan xodimlarning oilasida aniqlangan muammolarni o‘rganish asosida, ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan.
Shuningdek, xodimalarning xizmat o‘tash sharoitlari ham o‘rganilib, tegishli psixologik maslahatlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech