E'lon! Ichki ishlar organlari pensionerlari diqqatiga!!!
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta'minoti boshqarmasi moliyaviy ta'minoti xizmati, pensiya ta'minoti bo'limi shuni ma'lum qiladiki, dunyo bo'ylab insoniyat boshiga xavf solayotgan COVID 19 koronavirus pandemiyasining ichki ishlar organlari xodimlari hamda pensionerlari o'rtasida tarqalishining oldini olish maqsadida, pensionerlarga uyda qolishlikni so'ragan holda, 2020 yilning aprel oyidan e'tiboran karantin davri davomida to'lanadigan pensiya pullari, pensiya ta'minoti bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan pensionerlarning o'z yashash manzillariga etkazib beriladi.
Hurmatli ichki ishlar organlari pensionerlari sizlardan iltimos qilib qolar edikki, karantin davrida o'z uylaringizdan chiqmasdan oila davrasida bo'lishlaringizni,
Murojaat uchun telefon (+99876) 223-28-82 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati