2 Aprel 2020 yil 1165

E'lon! Fuqarolarimiz diqqatiga

Hurmatli fuqarolar!

Respublikamizda koronavirus pandemiyasining oldini olish bo'yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan, 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab, Surxondaryo viloyati IIB yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning hududiy bo'lim hamda bo'linmalarida fuqarolarni qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi.

Shu bilan birga avtomototransport vositalarini belgilangan muddatlarda davlat ro'yxatidan o'tkazaolmagan, jarimalarni o'z vaqtida to'lamagan va avtotransport vositasini belgilangan muddatda texnik ko'rikka taqdim qilaolmagan fuqarolar vaqtincha jarimaga tortilmasligini ma'lum qilamiz.

E'longa doir qo'shimcha ma'lumot olish uchun (+99876) 221-27-51, (+99876) 221-31-04 telefon raqamlariga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Surxondaryo viloyati IIB yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Text to speech