E'LON
Surxandaregi viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga hamda xorijiy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish maqsadida 2021-2022 o'quv yili uchun nomzodlar tanlovini e'lon qiladi
O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasiga:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 958-son qarori talablariga asosan, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Akademiyaning kunduzgi ta'lim shakliga o'qishga qabul faqat idoraviy akademik liseylar, harbiy akademik liseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari tarkibidan qabul qilinadi.
IIV akademik liseylar, harbiy akademik liseylar bitiruvchilari, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari hamda ichki ishlar organlarning safdor va serjantlar tarkibi lavozimlarida xizmatni o'tayotgan xodimlar uchun Akademiyaga yoshi o'n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo'lmagan, bo'yi 165 sm.dan past bo'lmagan jismonan sog'lom yigitlar, 160 sm.dan past bo'lmagan qizlar qabul qilinadi.
Akademiya ichki ishlar organlari uchun oliy ma'lumotli huquqshunos kadrlar tayyorlaydi.
O'qish muddati 3 yil.
Tinglovchilar bepul oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechak, yotoqxona bilan ta'minlanadilar va stipendiya oladilar.
Akademiyaga kiruvchilar "tergov faoliyati", "tezkor qidiruv faoliyati", "huquqbuzarliklar profilaktika faoliyati", "xizmat faoliyati psixologik ta'minlash", "ekspert-kiriminalistika faoliyati" va "yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash faoliyati" mutaxassisliklari bo'yicha tarix, ona tili va adabiyoti hamda chet tili fanlaridan og'zaki usulda sinov imtihonlari topshiradilar. Kirish imtihonlarini abiturientlar davlat yoki rus tilida topshirishlari mumkin.
Imtihonlar 1 iyuldan 15 iyulgacha o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining kunduzgi ta'lim shakliga o'qishga kirish istagida bo'lgan nomzodlar 2020 yilning 15 noyabrdan 2021 yilning 15 fevral kuniga qadar kechikmasdan viloyat IIB Kadrlar boshqarmasiga murojaat etishlari va qabul tartibi bo'yicha 222-04-62 telefon raqami orqali to'liq ma'lumot olishlari mumkin.
VILOYAT IIB KADRLAR BOSHQARMASI .
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika institutiga:
Milliy gvardiyas harbiy texnika institutini tugatganlarga "leytenant" unvoni beriladi.
Bilim yurtiga kiruvchilar quyidagi fanlardan test usulida sinov imtihonlari topshiradilar:
"IIV qo'shinlari taktik qo'mondonligi", "IIV qo'shinlari taktik-tarbiyaviy qo'mondonligi" mutaxassislari bo'yicha: tarix, matematika, ona tili va adabiyoti.
"Jazoni o'tash rejimini tashkil etish" (Yurisprudentsiya) mutaxassisligi bo'yicha tarix, ona tili va adabiyoti, chet tili;
"IIV korxonalarida texnik nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etish-muhandisligi" mutaxassisligi bo'yicha: matematika, chet tili, ona tili va adabiyoti.
"Aniqlovchi va qo'riqlovchi elektron tizimlaridan foydalanish texnik-muhandisligi" mutaxassisligi bo'yicha: fizika, matematika, ona tili va adabiyoti.
O'qish muddati 4 yil.
O'qishni muvaffaqiyatli tugatganlarga "V", "S" toifadagi haydovchilik guvohnomasi ham beriladi.
Bilim yurtiga o'qishga O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, o'rta ma'lumotli, bo'yi 165 sm.dan past bo'lmagan, jismonan sog'lom yigitlar qabul qilinadi.
Bilim yurtiga o'qishga qabul qilinuvchilarning yoshi ichki ishlar idoralarining safdorlar tarkibi, haqiqiy harbiy xizmatni o'taganlar, zahiraga chiqqan harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun 18 yoshdan 25 yoshgacha, fuqaro yoshlari uchun 17 yoshdan 21 yoshgacha belgilangan. Nomzodlarning yoshlari bilim yurtiga o'qishga kirish yilning 31 dekabriga qadar hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi