2 Aprel 2020 yil 309

E'lon!

Hurmatli fuqarolar!

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 15 martdagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi yig'ilishi"ning 6-sonli bayoni talablari asosida respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish bo'yicha karantin joriy qilinganligi munosabati bilan 2020 yil 24 martdan boshlab, Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo'lim hamda bo'linmalarida fuqarolarni qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 23 mart kunidan keyin pasport, yashash guvohnomasi olish, almashtirish, propiskani rasmiylashtirish, viza va yashash guvohnomasini muddatini uzaytirish masalalari yuzasidan migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalariga murojaat etishni rejalashtirgan va vaqtinchalik qabul to'xtatilganligi munosabati bilan murojaat qila olmagan shaxslar pasport tizimi va bo'lish qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi.

E'longa doir qo'shimcha ma'lumot olish uchun (+99876) 229-01-62, telefon raqamiga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar o'zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Sizning salomatligingiz har narsadan ustun.

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech