25 May 2024 yil 541

Yoshlarning ma’naviy va tarixiy bilimlari oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari sayohatga olib borildi.

O‘quvchilar dastlab Termiz tumani hududida joylashgan “Al-Hakim at-Termiziy” majmuasiga olib borilib, ushbu yerda mangu qo‘nim topgan  avliyolarning Islom dini va dunyoviy ilmlarga qo‘shgan hissalari haqida ma’lumotlar berilib, avliyolar haqqiga qur’on tilovat qilindi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida bunyod etilgan “Vatanparvarlik bog‘i”ga sayohat uyushtirilib, Vatan uchun jon fido qilgan qaxramonlar va jang vaqtida foydalanilgan harbiy texnikalarning salohiyati haqida yoshlar uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlar berildi.

Text to speech