Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, tizimli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek Ichki Ishlar organlarida Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar organlari rahbarlariga yoshlar biriktirilgan.
Surxondaryo viloyatining barcha
shahar-tuman
IIBlari
mas’ullariga hududlarda og‘ir toifa ro‘yxatida turuvchi yoshlar biriktirilgan bo‘lib,
ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish davomida, ularning muammolari ham
o‘rganilmoqda.
Aniqlanayotgan muammolarning
aksariyatida yoshlarni hunarga o‘rgatish, ularning bandliklarini ta’minlash
zarurligi ma’lum bo‘lmoqda. Shu maqsadda,  shahar-tuman hududlaridagi bandlik bo‘limlari mas’ullariga
bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etish va yoshlar qiziqish bildirgan ishga
joylashtirish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi. 
Kelgusida ushbu toifadagi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida, tizimli ravishda profilaktik ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.