23 Iyun 2025 yil 1227

Yoshlar oyligi doirasida, muhtasham san’at saroyida ichki ishlar organlari xodimlari e’tiboriga “Egizaklar” nomli spektakl namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan teatrning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 23-iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar e’tiboriga, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Egizaklar” nomli spektakli namoyish etildi.  

Ushbu yosh ijorkorlar tomonidan sahnalashtirilgan va ijro etilgan “Egizaklar” spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

Text to speech