“Yoshlar oyligi” doirasida Angor tumani ichki ishlar bo‘limida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 5-iyun kuni Angor tumani ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori” ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda Angor tumani ichki ishlar
bo‘limi Faxriylar kengashi raisi va faxriylar kengashi a’zolari so‘zga chiqishib,
uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari,
xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlashib, bugungi
kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari
uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi
yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy
ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul
ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.
Shundan so‘ng, Angor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari so‘zga chiqib, jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.