23 Iyun 2025 yil 1169

“Yoshlar oyligi” doirasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1- va 2-o‘quv kursi kursantlari uchun “Al-Hakim at-Termiziy” majmuasiga sayohat tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida,  joriy yilning 23-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 1 va 2-o‘quv kursi kursantlari uchun “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida yoshlarga majmua mas’ul xodimlari tomonidan buyuk olimning hayoti va ijodi haqida barcha ma’lumotlar berildi.

Mazkur sayohatlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Ichki ishlar organlari yoshlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirish qolaversa yuksak fazilatli qilib tarbiyalashdan iboratdir.

Text to speech