23 Iyun 2025 yil 817

“Yoshlar oyligi” doirasida Sariosiyo tumani IIB yosh xodimlari ishtirokida “Shaxmat” sport musobaqasi o‘tkazildi va “Oqostona bobo” majmuasiga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvar kunidagi  “Shaxmatni yanada rivojlanitirish va ommaviylashtirishga hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi yosh xodimlari ishtirokida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi hamda “Oqostona bobo” majmuasiga sayohat tashkil etildi.

Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni aqliy bilim salohiyatlarini yanada o‘stirish barobarida, mustaqil va har tomonlama to‘g‘ri mantiqiy fiklashni o‘rgatiishda qolaversa xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech