“Yoshlar oyligi” doirasida Qiziriq tumani IIB yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga
asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida
“Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon
qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, kuni
kecha Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limi yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Mini
futbol” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.