“Yoshlar oyligi” doirasida Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida Hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 21-iyun kuni Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman tez tibbiy yordam xodimlari ishtirokida yosh xodimlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulot davomida xodimlar,
muayyan hududda odamlarning qurbon bo‘lishini oldini olish, odamlar sog‘ligi yoki
atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga katta miqdorda moddiy
zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya,
halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga keladigan
favqulodda holatlar shuningdek, voqea yuz bergan joyda to‘satdan paydo bo‘lgan kasalliklar,
surunkali kasalliklarning keskinlashishi, baxtsiz hodisalar, mayib bo‘lishlar va
zaharlanishlar, homiladorlik va tug‘ruq vaqtida murakkab ahvolga tushish ortida
fuqarolarning yoki atrofdagilarning sog‘ligi yoki hayotiga xavf soluvchi holat yuz
bergan vaziyatlarda statsionarga olib borishda katta yoshdagi aholiga va voyaga
yetmaganlarga birinchi tez tibbiy yordam
ko‘rsatish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlar soha mutaxassislari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.