“Yoshlar oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida “Stol tennisi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga
asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida
“Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon
qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy
yilning 12-iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari yosh xodimlari
o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha
shahar-tuman IIBlari yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Qizg‘in va bahs munozaralarga boy kechgan musobaqa yakuniy
natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Bandixon tumani IIB Ta’minlash va xizmat ko‘rsatish
bo‘linmalari komendanti safdor Xasan Choriev,
2-o‘rinni Boysun tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Jalol Xo‘shboqov qo‘lga kiritgan
bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligini Jarqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori leytenant
Alibek Berdimo‘minov qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.