“Yoshlar oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida “Kibersport” sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2025 yil 26 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 11 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Kibersport” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman
IIBlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.
Murosasiz kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 3 o‘rinni
Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2 o‘rinni Sho‘rchi tumani ichki ishlar
bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligini Jarqo‘rg‘on
tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘ining
diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdirlanishdi.
Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlar etib tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirishga yordam beradi.