10 Iyun 2025 yil 732

“Yoshlar oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida “Armrestling” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ichki ishlar vazirining 2025 yil 26 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 10-iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIBlari yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Murosasiz kechgan kuch sinashish musobaqasining yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Oltinsoy tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Qahramon  Xasanov,      2 o‘rinni Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati  Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika xizmati profilaktika kichik inspektori kichik serjant Boburbek Ulashev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligini Jarqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Abdulaziz Xalilov qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech