5 Iyun 2025 yil 527

“Yoshlar oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun “Termiz arxeologiya muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.

Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa inson qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.

Ichki ishlar vazirining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida,  joriy yilning 5-iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB xodimlari bilan “Termiz shahar Arxeologiya” muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida soha mutaxassislari tomonidan xodimlarga muzey tarixi hamda muzeyda mavjud eksponatlar to‘g‘risida malumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi ekskursiyalarni doimiy ravishda tashkillashtirib borish tizimda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech