“Yoshlar oyligi” doirasida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirining 2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi, munosabati bilan, mazkur farmoyishda belgilangan dastur asosida, joriy yilning 2 iyun kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va faxriylari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda,
dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod
Shadiev so‘zga chiqib, jonajon yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik,
millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash,
bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti
yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat
qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab
o‘tdi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi mayor Bo‘ri bobo Shodiev so‘zga chiqib, uzoq yillik mazmunli hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, xizmat davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar va mashaqqatlar haqida so‘zlab, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nuroniylar qolaversa ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilayotgan shar-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi, faxriy ustozlar tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar uchun doimiy ravishda mas’ul ekanliklarini ta’kidlandi.