9 Aprel 2020 yil 684

El boshiga ish tushganda Surxondaryo viloyati IIB xodimlari birinchilardan bo'lib homiylik xayriyasini topshirdi.

Angor tumanida jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi.
Unga davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlar va sahovatpesha insonlar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, antseptik vositalar, himoya niqoblari va boshqa birlamchi zarur mollar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqligi ko'rikdan o'tkaziladi. Endilikda tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi tavsiyasi asosida bu mahsulotlarni karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda hududda yashayotgan, yoshi ulug', nochor, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor kam ta'minlangan oilalarga jamoatchilik asosida xizmat ko'rsatuvchi ko'ngillilar etkazib beradi.
Shu kuni markazga ilk homiylik xayriyasi qabul qilindi. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Abduvohid Ismoilov un, yog', go'sht va boshqa ro'zg'or uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bir paytda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari "mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondiga bir kunlik ish haqlarini ham o'tkazib berdi.

Text to speech