28 May 2021 yil 606

"Ekobog'"dagi tadbirda yoshlar bandligiga e'tibor qaratildi

Denov tumani yoshlari uchun tashkil etilgan yoshlar forumi doirasida tumandagi "Ekobog'"da uchrashuv bo'lib o'tdi.
Dastlab, unda bugun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish borasida fikr bildirildi.
Shundan so'ng, tumandagi "yoshlar daftariga" kiritilgan 24 nafar faol yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularni foydali mehnatga jalb qilish maqsadida tashkilotchilar tomonidan 4 ta Moto kultivator, 10 ta elektr pechi, 10 ta tikuv mashinasi topshirildi.
Forum davomida beshta muhim tashabbus doirasida ko'rgazmalar, yangi loyihalar va yoshlar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Viloyat IIB tezkor harakatlanuvchi otryadi xodimlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanpravar" tashkiloti tomonidan harbiy texnikalar va qurol-yarog'lar ko'rgazmasi namoyish etildi.
Shundan so'ng, madaniy-ma'rifiy tadbir kontsert dasturlariga ulanib ketdi. Yoshlar va san'at ustalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, raqslar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Ayniqsa, viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari tomonidan qilingan jangavor sahna ko'rinishlari yoshlarda katta taassurot uyg'otdi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech