Ehtiyojmandlarga ko'maklashib, saxovat ko'rsatish ham yuksak fazilat
Dunyoga chang solgan koronavirus infektsiyasi insoniyatni jiddiy sinovdan o'tkazayotgan shu kunlarda ichki ishlar idoralari xodimlari mamlakatimizda ko'zga ko'rinmas ofat tarqalishining oldini olishga salmoqli hissa qo'shish barobarida ehtiyojmand oilalalarni ham moddiy qo'llab-quvvatlamoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarni kambag'allikdan chiqarishga ko'maklashmoqda.
Bu jarayonda osayishtalagimiz qo'riqchilari yurtimizda keng quloch yozgan "Saxovat va ko'mak" umumxalq harakati doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, ko'plab kam ta'minlangan xonadonlarga mehr ulashayotgani ahamiyatli bo'lmoqda.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Abduvohid Ismoilov tashabbusi bilan vohaning shahar va tumanlarida yashovchi 1 ming 200 ta kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor hamda boquvchisini yo'qotgan oilalarga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, etkazib berildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni kambag'allikdan chiqarishga ko'maklashish maqsadida o'z tomorqasiga ega xonadonlarga homiylik asosida mo''jazgina issiqxona qurib berishni boshladi. Yilning to'rt faslida ham turli ziroat etishtirish imkoniyatiga ega bo'layotgan bunday oilalar sohiblari endilikda bu erda omilkorlik bilan mehnat qilib, yaxshigina daromad oladi. Ro'zg'orini butlab, to'kin turmush kechiradi. Bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga hissa qo'shadi.
Sinovli kunlarni millatimizga xos mehr-oqibat va birdamlik bilan engish yo'lida olib borilayotgan bunday ezgu amallar chorva mollari hamda parranda boqishga sharoiti bor ehtiyojmand oilalar qo'llab-quvvatlanayotganida ham keng namoyon bo'layotir. Ular bosichma-bosqich bir bosh sog'in sigir, asalari va parranda bilan ta'minlanmoqda. Ishsiz yurgan yoshlar hududdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish korxonalari, qurilish tashkilotlari va boshqa xo'jalik yurituvchi subektlarda aniq daromadga ega ish bilan ta'minlanayapti. Mazkur tashabbus boshlanganidan buyon kambag'allika tushib qolgan oilalarning 621 nafar yoshlari bandligi ta'minlangani bunga yaqqol dalildir.
Viloyatda ichki ishlar idoralari xodimlarining nogironligi bor, boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda ichki ishlar bo'limi hisobida turgan fuqarolar holidan xabar olib, ular duch kelayotgan muammolarga echim topish, mehr-sahovat ko'rsatib, ijtimoiy himoya qilishga yo'naltirilgan ulug'tadbirlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati