28 Aprel 2024 yil 539

Hech bir yosh e'tibordan chetda emas

Mamlakatimizda, fuqarolar tili, millati, irqi ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar  qonun oldida teng huquq majburiyat va erkinliklarga ega ekanligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.

 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, nogiron shaxs jumlasi nogironligi bo‘lgan shaxs jumlasiga o‘zgartirilganligiham bejiz emas. Bu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnlarini topshlarida ko‘mak berish, ularga jismonan va aqlan sog‘lom kishilar bilan teng huquqli shaxs ekanligini anglatadi. Ayniqsa ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod qalbida ertangi kunga ishonch va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi JXD XPX хizmat boshligi B.E. Berdialiev, Uzbekistan respublikasining Turkiyadagi muxtor elchisi bilan hamkorlikda ijtimoiy ximoyaga muxtoj bo‘lgan nogironligi bor bolalarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida tayyorlangan sovg‘alari Turkiya davlatidan olib kelinib,  Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan "Nurli maskan" maktabining ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilariga ma’sullar tamonidan topshirildi.

Text to speech