6 Noyabr 2021 yil 1569

E ’ L O N Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi bo‘sh ofitserlik (profilaktika (katta) inspektori) lavozimlariga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Surxondaryo viloyati IIB 2021 yilning 05 noyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan pedagog mutaxasislikka ega fuqarolarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishga ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qiladi. Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalarini “Huquqshunos” hamda “pedagogika” va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezerv yoki oliy ta’lim muassasalarini harbiy kafedrasini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin. Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomasining asli bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.


Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX

Text to speech