6 Noyabr 2021 yil 1683

E ‘ L O N Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati otryadi, mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator” lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalari “axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 175 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin. Belgilab berilgan talablarga asosan, nomzodlarga qo‘yilgan talablar quyidagicha:- “B” kategoriyalari haydovchilik guvohnomasiga egaligi;- Ish (staji) malakasi 5 (besh) yildan kam bo‘lmasligi;- Ma’lum darajada foto-video qayd etish moslamalarini boshqarishni bilishi;- O‘zbek va rus tillarini bilishi;Mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator lavozimiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomalarining asli hamda haydovchilik guvohnomasi bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Surxondaryo viloyati IIB MMI va KBTX

Text to speech