17 May 2022 yil 400

E‘ L O N ! 2022 yilning 18-20 may kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi tibbiy muassasalari biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida o‘tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarida erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy tibbiy muassasalarini malakali mutaxassislari ishtirokida viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilarini 2022 yilning 18-20 may kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi, IIV Markaziy gospitali va IIV Markaziy Poliklinikasini malakali mutaxassislari (travmatolog-ortoped, urolog, xirurg, terapevt, pulmonolog, ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, UTT va rentgenolog shifokorlari) tomonidan o‘tkaziladi.

- Tibbiy ko‘rik 2022 yilning 18 may kuni Termiz shahrida, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi Poliklinikasida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

- 2022 yilning 19 may kuni Denov shahrida, Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikasida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

- Tibbiy ko‘rik 2022 yilning 20 may kuni Termiz shahrida, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi Poliklinikasida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Hurmatli hamkasblar imkoniyatdan foydalanib qoling!

Murojaat uchun telefon: 90:248-02-18

Text to speech