“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, joriy yilning 10 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi 2 bosqich 2.23-guruh o‘quvchisi Mirzoaliev Feruzbek Uzun tumanida faxrli 1-o‘rinni, 5.23-guruh o‘quvchisi Ibragimova Shabnam Jarqo‘rg‘on tumanida faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblariga tadbir tashkilotchilarining sovg‘alari ulashildi.