“Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Denov tumani hokimligi binosida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilish Denov tumani hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, oila
turmush dorasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish hamda sodir
etilgan jinoyatlarni kelib chiqish sabab va omillarini muhokama qilish maqsadida
tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov huzurida o‘tkazilgan
muhokama yig‘ilishida, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idorlar, qizil
toifaga kiritilgan mahalla yettiligi hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi.
Qizil toifaga kiritilgan mahalla hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarni
barvaqt aniqlash va oldini olish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi
qattiq tanqid qilinib, sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish
sabab va omillari yuzasidan tanqidiy fikr mulohazalar bildirildi.
Mahalla yettiligining ijtimoiy profilaktika sohasidagi
faoliyatlari tanqidiy o‘rganilib, “qizil toifa”dan chiqish borasida har bir aniqlangan
muammo va kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar
berildi.