“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati IIB xodimlarining jangavor shayligi oshirilmaqda.
Yo‘riqnomada raxbariyat topshirig‘iga asosan, viloyat IIB Ma’naviy- ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati jismoniy va jangovor tayorgarlik bo‘limi, DPM Tibbiyot bo‘limi hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mutaxassis xodimlari tomonidan joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri davomida JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxona xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib jangovar shayligi va tashvish qoplari tekshirilib, o‘q otar qurollardan foydalanish qoidalari ularning taktik xususiyatlari bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek DPM Tibbiyot bo‘limi mutaxassis xodimlari ortiqcha vaznning inson salomatligiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari aniqlandi.