3 Dekabr 2024 yil 495

“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida Angor tumani ichki ishlar bo‘limi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlari o‘rganildi.

“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda Angor tumani IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlida “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB Angor tumani ichki ishlar bo‘limi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat jarayoni, oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, xizmat joylari va yashash xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va ularnnig oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, ularga kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida va xizmat jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.

Text to speech