21 Noyabr 2024 yil 971

“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida bir qator ishlar amalga oshirilmaqda.

Shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbir davomida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan yosh xodimlar hamda Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib xozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan fahriylar  bilan davra suxbati tashkil etildi. O‘zaro erkin muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suxbati davomida  yosh xodimlarga faxriylar o‘z bilim va ko‘nikmalarini berishdi. Yosh xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga faxriylardan javoblar olishdi.

Shuningdek Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustaxkamlash, ko‘ngilsiz xodisalarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida xodimlarining avtotransport vositalari, xizmat xonalari hamda ish yurituvidagi hujjatlarini tekshirib, yakka tartibda suhbat o‘tkazish hamda yashash xonadonlarini borib o‘rganish kabi ishlar amalga oshirilib profilaktik tadbirda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.  

Text to speech