30 Noyabr 2022 yil 349

"Dolzarb qirq kunlik" amalda

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Unga ko‘ra, barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu dastur doirasida yurtimizda joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar e’lon qilingan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida, Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda boshqa mas’ullar hamkorligida "Onalar yashil  makon sari" shiori ostida Sherobod tumanidagi “Cho‘yinchi” mahallasidagi yo‘l yoqalariga turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Text to speech