9 Dekabr 2023 yil 886

“Dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyatida kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash ishlari olib borilishi davom etmoqda

Mazkur tadbir doirasida Surxondaryo viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Boltaev tomonidan Termiz shahrida tungi xizmatga jalb qilingan Ichki ishlar organlari hamda hamkor tashkilot xodimlari bilan tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Dastlab mas’ullar Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‘.Shukurov hamrohligida Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning muammolarini o‘rganish bilan birga ular bilan qayta huquqbuzarliklar sodir etmasliklari uchun profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganishning keyingi manzili Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan o‘g‘il-qizlarning ham muammolalari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shundan so‘ng, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida Termiz shahridagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda tungi vaqtda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun tashkil qilingan xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, aniqlangan muammo va kamchilliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va takliflar bildirildi.

“Dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik taddbiri doirasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech