“Dolzarb-90 kun” tadbiri doirasida, markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar uchun maxsus “master klass” mashg‘ulotlari tashkillashtirildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni “Vatanparvarlik” ruhida tarbiyalash, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda respublikamizda o‘tkazilayotgan “Dolzarb-90 kun” tadbiri ijrosini ta’minlash maqsadida, markaz rahbari S.Ochilova va xodimlari Sh.Xolliev, Sh.Qosimovlar tomonidan, ichki ishlar tizimidagi Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadiga tashrif uyushtirildi.
Tadbir davomida otryadda xodimlar faoliyat olib borishlari uchun tashkil
etilgan shart-sharoitlar, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar
sport zal, stadion, taktik tayyorgarlik maydonlari, texnikalar, o‘q otar qurollar
bilan yaqindan tanishish va ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
Ushbu o‘tkazilgan “Vatanparvalik” tadbiri davomida ichki ishlar xodimlarining
xizmatda operativ tadbirlar vaqtida ishlatiladigan maxsus qurollar bilan mashqlar bajarish yuzasidan “master klass” tashkillashtirdi.
Tadbir so‘ngida voyaga yetmaganlar tomonidan
ham ushbu mashqlarni mustaqil bajarib ko‘rish imkoniyati berildi.
Bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazilib borilishi voyaga yetmaganlar tomonidan huqubuzarlikva jinoyat sodir etilishini oldini olish va kelgusida voyaga yetmaganlarni ichki ishlar kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda harbiy va ichki ishlar sohalarida yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iboratdir.