26 Dekabr 2024 yil 1231

“Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri doirasida turizm ob’ektlaridagi sayyohlar o‘rtasida pirtexnika vositalaridan foydalanishning oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri davomida, yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanish inson hayotiga jiddiy xavf solishi, uni sotish va foydalangan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik qo‘llanilishi yuzasidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turizm namoyishi ob’ektlarida mahalliy va xorijiy sayyohlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, pirotexnika vositalarining salbiy oqibatlari va huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishi haqida tayyorlangan bukletlar tarqatilib, tegishli tushuntirishlar berib borilmoqda.

Text to speech