“Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Termiz shahridagi Yulduz mahallasida fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
“Dolzarb 40 kunlik”
tezkor-profilaktik tadbiri doirasida viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi keskin
kurashish va sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga biriktirilgan Termiz shahridagi
“Yulduz” mahallasi hududida faoliyat yurituvchi korxona muassasalar, mehmonxonalar,
savdo va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlar ishchi xizmatchilari, tungi navbatchi
qorovullari va tungi vaqtda maqsadsiz yurgan shaxslar bilan profilaktik suxbatlar
o‘tkazilib, ko‘cha va jamoat joylarida belgilangan tartib qoidalarga amal qilishlari,
noqonuniy pirotexnika vositalaridan foydalanmasliklari yuzasidan tegishli tushuntirish
ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek mahalla hududida
oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar o‘rganilib, mahallaga biriktirilgan mas’ullar
ishtirokida tungi xizmatga jalb qilinganlarning faoliyatlari ko‘zdan kichirildi.