“Dolzarb 40 kunlik!” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash ishlari izchillik bilan davom etmoqda
Mazkur tadbir doirasida
Surxondaryo viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen
vaziyatni yaxshilash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
A.Ismoilov tomonidan barcha sohaviy xizmatlar vakillarini safarbar etgan holda hududlarda
ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urildi.
Xususan, barcha
hududdagi mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va yoshlarni
diniy ekstremizm oqimlaridan asrash bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida “Qizil”
va “sariq” hududlarda “jinoyat o‘choq”larini aniqlash va bartaraf etish uchun “Yo‘l
xaritalar” ishlab chiqilib ijroga qaratildi. Ushbu mahallalarga biriktirilgan
196 nafar huquq-tartibot idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari biriktirilgan
mahallalarga borib, hududni jinoyatdan holi hududga aylantirish borasida “mahalla
yettiligi” bilan kun davomida hamkorlikda profilaktik ogohlantiruv ishlari amalga
oshirildi. 2 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.
Hududiy ichki ishlar
organlari boshliqlari mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan uchrashib, hududda
jinoyatlarning oldini olish hamda aholi bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, o‘rganishlar
davomida hududda yashovchi 17 nafar (tadbir boshidan 157 nafar) alohida toifadagi
shaxslar bilan uchrashib, ularning mavjud muammolari hamda turmush tarzi o‘rganildi.
Shahar-tuman IIB
Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari
bilan uchrashib, hududda jinoyatlarning oldini olish hamda aholi bilan ishlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek viloyat
hududida krimenogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyat sodir etishga moyil
bo‘lgan yoki jinoyatdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan toifadagi shaxslar o‘rganildi.
Mintaqalarda tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish
tumanlararo punktlariga jami 39 nafar (t.b. 557 nafar) shaxslar joylashtirildi.
Oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etgan oilalar bilan profilaktik ishlar
olib borildi.
Oilalar bilan olib
borilgan profilaktik suhbatlar natijasida nizoli oilalar yarashtirildi va yana ularga
himoya orderlari ham berildi.
Yo‘llarda harakat
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham targ‘ibot tadbirlari uyushqoqlik bilan olib
borilmoqda.
Jinoyat va huquqbuzarliklarni
barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.