6 Dekabr 2023 yil 601

“Dolzarb 40 kunlik!” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Qumqo‘rg‘on tumanida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik!” tezkor-profilaktik tadbiri hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 29 noyabr- Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan joriy yilning 25 noyabr kunidan 10 dekabr kuniga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” turkum tadbirini tashkil etish ko‘zda tutilganligi bois ham Qumqo‘rg‘on tumanida ham bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tumanning “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 33 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirda aholi o‘rtasida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, jinoyat va huquqbuzarliklarga barham berish masalalari o‘rin oldi.

Tadbirda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori leytenant M.Eshmurodova, mahalla xotin-qizlar faoli Sh.Tojieva maktabning ma’naviy va ma’rifiy  ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Eshdavlatov hamda 33 maktab boshlangʻich xotin qizlar qoʻmitasi raisi S.Jo‘raevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek tadbir davomida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish va erta nikohga chek qo‘yish bo‘yicha zarur tushunchalar berib o‘tildi.

Text to speech