6 Dekabr 2023 yil 614

“Dolzarb 40 kunlik!” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, Surxondaryo viloyatida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish va sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga biriktirilgan Termiz shahridagi “Yulduz” mahallasi hududida joylashgan 15-sonli maktabida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari hamda “Yangi yil bayrami” arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik va ularning salbiy oqibatlari haqida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar uchun maxsus tayyorlangan yo‘l qoidalari aks etgan bukletlar tarqatildi.

Text to speech