13 Dekabr 2023 yil 698

"Dolzarb 40 kunlik" maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i voha hududlarini o‘rgandi

"Dolzarb 40 kunlik" maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov boshchiligida Oltinsoy tuman hududida “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yo‘riqnomada, tuman hokimi, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Yo‘riqnoma davomida xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Oltinsoy tumani hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazishga kirishildi.

Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i qizil toifaga kiritilgan mahalla yettilik vakillari bilan suhbatlashib, hududning kriminogen vaziyatini yaxshilash borasida tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi.

Tungi keng qamrovli profilaktik tadbirlar davomida, tuman IIB Probatsiya nazorati ostida turganlar, muqaddam sudlanganlar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, tungi vaqtda jinoyatlar qayd etilishi mumkin bo‘lgan hududlar o‘rganildi.

"Dolzarb 40 kunlik" maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech