24 May 2021 yil 532

Do'kondan o'g'irlangan pullar egasiga qaytarildi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 26 aprel kuni, tumanning "nurli Diyyor" mahallasida yashovchi, Dj.O'ktam tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 aprel kuni soat 15.00 larda, noma'lum shaxs "Jaloir" mahallasida joylashgan "Bo'rieva Fotima Panjievna" yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli savdo do'konidan 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'm pullarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, X.Iroda sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 may kuni X.Irodaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech