12 Aprel 2021 yil 528

Diplomini nоstrifikasiya qilib berish evaziga 700 AQSh dollari oldi

Uzun tumanida 2021 yilning 4 aprel kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 2020 yilning yanvar oyida, tumanning "Yangiro'zg'or" mahallasida yashovchi, X.S., mahalladoshi, H.D.ning ishonchigi kirib, unga singlisi, H.I.ning Tojikiston Respublikasida o'qib olgan diplomini nоstrifikasiyadan o'tkazib berishni va'da qilib, undan 700 (etti yuz) AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 4 aprel kuni sodda odamlarning soddaligidan foydalangan X.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech