26 Avgust 2022 yil
535
Diqqat hurmatli fuqarolar! Surxondaryo viloyat IIB ogohlantiradi!
Hurmatli fuqaro! Sizning telefon raqamingizga o‘zlarini “"Klik evalyushin" kompaniyasidanmiz, plastik kartangizga (plastik hamyoningizga) hakkerlar hujum qilmoqda, plastik kartangizni himoyalash uchun sizga yuborildi”-deya murojaat qilishadi.
Sizdan telefoningizga sms orqali yuborilgan parolni so‘raganida, ASLO PAROLni bermang!!! Agar parolni bersangiz, plastik kartangizni boshqarish huquqini olib, pullarni yechib ketadi, plastik kartangizda pul bo‘lmasa keyinchalik pul tushgan taqdirda pullarni yechib oladi.
Parol bergan bo‘lsangiz Darhol bank orqali plastik kartangizni muzlatib, boshqa plastik karta olishingizni so‘raymiz!